Kvant haftaligiga taklifnoma!

Hurmatli hamkasblar!

10-14 dekabr kunlari Samarqand, Toshkent va Olmaliq shaharlarida boʻlib oʻtadigan xalqaro Kvant haftaligi haqida maʼlumot berishdan mamnunmiz. 10 dekabr kuni “Kvant haftaligi”ning ochilishi Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida rejalashtirilgan.

  • 10 dekabr kuni “Kvant haftaligi”ning ochilishi Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida rejalashtirilgan.
  • Birinchi kundagi ochilish marosimida ma’ruzachilar sifatida Samarqand kvant markazi ilmiy rahbari, Dallasdagi Texas universiteti professori Anvar Zohidov va Rossiya kvant markazi hammuassisi Ruslan Yusupovlar ishtirok etadilar.
  • Ushbu tadbir davomida 10-11 dekabr kunlari Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida, shuningdek, Samarqand shahridagi ayrim maktablarda taklif etilgan mutaxassislardan darslar, treninglar va mahorat darslari o‘tkazilib, ularda kvant fizikasi, kvant texnologiyalari va kvant kompyuterlarining ko‘plab murakkab tushunchalari sodda tilda tushuntiriladi.
  • Ochilish marosimi SamDU majlislar zalida 2024-yil 10-dekabr soat 10:00 da Samarqand shahri, Universitet bulvari, 15-uy manzilida bo‘lib o‘tadi.
  • Sizni tadbirimizda kutamiz!